Ispaniya terma jamoasi 34 kun oldin Jahon chempionatini Kabo-Verdega qarshi golsiz durang bilan boshlagan edi. Yakshanba kuni esa Nyu-Jersida bo‘lib o‘tgan finalda amaldagi chempion Argentinani mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi.
Luis de la Fuente boshchiligidagi yosh jamoa turnir davomida sezilarli darajada o‘sdi. Ispaniyaliklar butun turnirda bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib, mag‘lubiyatsiz rekordni 38 o‘yinga yetkazdilar.
Finalda Ispaniya to‘liq ustunlik qildi: 65% to‘p egaligi, Argentina esa 120 daqiqada faqat ikkita zarba berdi (hech biri darvozaga emas). 106-daqiqada Ferran Torresning goli hal qiluvchi bo‘ldi.
Ispaniya tarkibida 19 yoshli Pau Kubarsi va Lamin Yamal, 23 yoshli Pedri, 24 yoshli Niko Uilyams kabi yosh futbolchilar bor. Jamoa o‘rtacha yoshi 26,19 bo‘lib, turnirdagi eng yosh oltinchi jamoa edi.
Yarim finalda Fransiya 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Dani Olmo, Rodri va Fabian Ruizdan iborat yarim himya uchligi o‘yinni to‘liq nazorat qildi.
Ispaniya terma jamoasi 2030 yilgi uy chempionatida ham favorit hisoblanadi. De la Fuente shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi.
Source: www.aljazeera.com