Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Isroilning shimoliy qismida, Livan chegarasiga yaqin hududda yuzaga kelgan sirli portlash oqibatida taxminan 20 nafar fuqaro jarohat olgani xabar qilinmoqda. Mamlakat rasmiy idoralari va tez tibbiy yordam xizmatlarining ma'lumotlariga ko'ra, hodisa Neot Mordexay jamoasiga tutash hududda, Manara va Yiftax kibutslari oralig'ida dushanba kuni sodir bo'lgan.

«Magen David Adom» shoshilinch tibbiy yordam tashkiloti shifokorlari og'ir va o'rtacha og'irlikdagi sakkiz nafar jabrlanuvchiga, shuningdek, yengil tan jarohati olgan boshqa fuqarolarga tibbiy muolajalar ko'rsatilayotganini ma'lum qildi. Voqea joyiga yetib kelgan Kiryat-Shmona politsiya bo'limi xodimlari hududni o'rab olib, xavfsizlik choralarini ko'rmoqda, pirotexnika mutaxassislari эsa portlash sabablari va uning kelib chiqish manbasini o'rganishga kirishgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu ko'ngilsiz hodisa Livan chegarasiga yaqin bo'lgan mazkur hududda piknik yoki sayohat qilib yurgan bir guruh isroilliklar yaqinida ro'y bergan. Ayrim jabrlanuvchilarning ahvoli juda og'ir ekanligi aytilmoqda, bu esa hududdagi xavfsizlik va yashirin xavflar haqidagi xavotirlarni yanada kuchaytirgan.

Guvohlar va jurnalistlarning ta'kidlashicha, mazkur portlash so'nggi yillar davomida harbiy harakatlar olib borilgan va minglab o'q-dorilar ishlatilgan Yuqori Galiley hamda Livan chegarasidagi vaziyat qanchalik xatarli ekanligini yana bir bor eslatib qo'ydi. Ushbu hodisa Isroil rejimi siyosiy doiralarida ham keskin tashvish uyg'otib, mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu go'yo voqea joyiga yo'l olgani, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir esa o'zining siyosiy rejalashtirilgan tadbirlarini bekor qilishga majbur bo'lgani aytilmoqda.

Source: www.aljazeera.com