Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlin shahrida boʻlib oʻtgan «Ish beruvchilar kuni» tadbirida chiqish qilib, mehnat bozorini isloh qilishga qaratilgan bahsli tashabbuslarni ilgari surdi. DW nashrining xabar berishicha, u haftasiga uch kun, kuniga 12 soatdan ishlash va qolgan kunlari dam olish modeli samarali ekanini taʼkidlagan. Avrupalik rahbarning bu kabi gʻoyalari jamiyatda va ekspertlar doirasida turli bahslarga sabab boʻlmoqda.

Mersning soʻzlariga koʻra, bunday moslashuvchan yondashuv korxonalarga ham, yollanma xodimlarga ham goʻyoki qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi Yevropa iqtisodiyotidagi qiyinchiliklar fonida u xalqaro korxonalar tajribasiga tayanib, ketma-ket 12 soatlik mehnat smenalari normal holat ekanini daʼvo qilgan. Kanslerning taʼkidlashicha, ish vaqtini kunlik emas, balki haftalik hisobda cheklash boʻyicha qonun loyihasini tezroq qabul qilish zarur.

Shuningdek, Yevropa siyosatchisi korxonalarga xodimlar bilan muddatli mehnat shartnomalarini tuzish imkoniyatini kengaytirish va yuqori boʻgʻindagi menejerlarni ishdan boʻshatish tartibini soddalashtirish tarafdori ekanini bildirgan. Mazkur islohotlar Germaniya rejimining ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarini yanada chuqurlashtirishi mumkinligi tanqid qilinmoqda. Yangi mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri etib tayinlangan Aleksander Shvayser bu qonun loyihasining yakuniy tahriri bilan shugʻullanishi kutilmoqda.

Source: kun.uz