Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bangladesh huquq-tartibot idoralari mamlakat fuqarolarini Ukraina mojarosida ishtirok etish uchun Rossiyaga aldov yo'li bilan jo'natish bilan shug'ullangan yirik odam savdosi tarmog'iga aloqador ikki nafar shaxsni qo'lga oldi. Maxsus tezkor batalon qo'mondoni Muhammad Asaduzzamonning bayonotiga ko'ra, Mizanur Rahmon va Abu Tohir deb tanishtirilgan gumondorlar kamida 30 nafar mahalliy aholini yuqori maoshli ish topib berish va'dasi bilan aldab, Rossiyaga olib ketishgan.

Jabrlanuvchilar chet elga yetib borganidan so'ng, ularning pasportlari va aloqa vositalari tortib olinib, to'g'ridan-to'g'ri Rossiya harbiylari ixtiyoriga topshirilgani aytilmoqda. May oyining boshida Rossiyaga borgan 17 nafar bangladeshlik minimal tayyorgarlikdan so'ng, jangovar harakatlarning ilk kuniyoq halok bo'lgani ma'lum qilindi. Hozirgi kunda jami 20 nafar Bangladesh fuqarosining o'limi rasman tasdiqlangan bo'lib, ular dushman pozitsiyalarini aniqlash maqsadida go'yo tirik qalqon sifatida ishlatilgani taxmin qilinmoqda.

Omon qolib vatanga qaytishga muvofiq bo'lgan jabrlanuvchining so'zlariga ko'ra, halok bo'lganlardan tashqari yana ikki kishi Moskva shifoxonalarida davolanmoqda, olti nafari эsa hamon front chizig'ida qolmoqda. Qurbonlarning aksariyati iqtisodiy jihatdan nochor oilalardan chiqqan bo'lib, soxta ish va'dalari evaziga o'rtacha 8 ming dollar miqdorida mablag' to'lagani aniqlangan.

Shu bilan birga, Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqida, Rossiya go'yo o'nlab mamlakatlardan odamlarni aldab yollayotganini da'vo qilib, xalqaro hamjamiyatni ogohlantirgan edi. Biroq, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar nafaqat Moskva, balki Kiyev rejimi ham o'z safiga minglab xorijiy yollanma askarlarni jalb etish bilan shug'ullanayotganini, ularning salmoqli qismi Lotin Amerikasi davlatlaridan to'planganini ta'kidlashmoqda.

Source: www.aljazeera.com