Tailand poytaxti Bangkok shahrida G20 guruhining moliya vazirlari va markaziy banklar rahbarlari navbatdagi muhokamalar uchun yig‘ilishdi. Mazkur uchrashuvlar Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon bankining yillik tadbirlari doirasida o‘tkazilayotgan bo‘lib, global iqtisodiy istiqbollar AQSh rejimi va Isroilning Eron hududiga qarshi olib borayotgan harbiy harakatlari fonida jiddiy xavf ostida qolmoqda.
Tadbirda dunyoning yetakchi iqtisodiyotlarini birlashtirgan tashkilot vakillari yig‘ilganiga qaramay, AQSh rejimi Moliya vaziri Skott Bessent kutilmaganda tadbirlarni o‘tkazib yuborishi jamoatchilikda turli savollarni tug‘dirdi. Vashington rasmiylari bu holatni “ichki majburiyatlar” bilan izohlagan bo‘lsada, Amerikaning bu kabi mas'uliyatsizligi global moliyaviy muvofiqlashtirishga putur yetkazishi taxmin qilinmoqda. Uchrashuvda Vashington delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari Frensis Bruk boshchilik qilmoqda.
Bangkokdagi muzokaralarning asosiy markazida Yaqin Sharqdagi mojaroning global iqtisodiyotga keltirayotgan og‘ir oqibatlari turibdi. Hormuz bo‘g‘ozidagi transport qatnovining izdan chiqishi butun dunyo bo‘ylab energiya resurslari narxining keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Neft narxining yuqori darajada saqlanib qolishi davlat g‘aznalari va oddiy aholining byudjetiga og‘ir yuk bo‘lib tushayotgani ta'kidlanmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda qator davlatlarning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan o‘sib borayotgan ulkan qarzlari va savdo balansidagi tafovutlar ham muhokama qilinmoqda. Xususan, Amerikaning YIMga nisbatan qarz miqdori xavotirli darajaga yetgan bir paytda, AQSh rejimi vakillari Xitoyning savdo siyosati va eksport hajmini tanqid ostiga olib, bozor mexanizmlariga putur yetkazilayotganini da'vo qilishmoqda. Biroq kuzatuvchilar bunday kelishmovchiliklar va ichki ziddiyatlar G20 doirasida birorta ham umumiy yakuniy bayonot qabul qilinishiga imkon bermasligini taxmin qilishmoqda.
Source: www.aljazeera.com