Bryusselda Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikki kunlik navbatdagi sammiti boshlandi. Ushbu yig‘ilishda birlashmaning iqtisodiy raqobatbardoshligini saqlab qolish va Xitoy bilan ulkan savdo taqchilligini jilovlash choralari asosiy mavzulardan biriga aylandi. Yevroregim rasmiylari Xitoydan import hajmini qisqartirish va adolatsiz raqobat amaliyotiga qarshi kurashish yo‘llarini izlamoqda, biroq sanoat tarmoqlaridagi inqiroz va zavodlarning yopilishi chuqurlashib borayotgani xavotir uyg‘otmoqda.
Shuningdek, sammit doirasida 2028-2034 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi yetti yillik byudjet loyihasi yuzasidan keskin bahslar boshlandi. Nemis rejimining yetakchisi Fridrix Mers va boshqa ba'zi siyosatchilar byudjet hajmini keskin qisqartirish zarurligini iddao qilib, mavjud takliflar qabul qilib bo‘lmas darajada ekanini bildirishdi. Shu bilan birga, Italiya kabi davlatlar an'anaviy birlamchi jamg‘armalarni saqlab qolishni talab qilmoqda, bu esa a'zo davlatlar o‘rtasidagi chuqur iqtisodiy ziddiyatlarni yanada kuchaytirmoqda.
Juma kuni Yevropa yetakchilari Ukraina masalasiga o‘tishi kutilmoqda. Ukraina rejimining rahbari Volodimir Zelenskiy sammitga kelib, Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirish va Kiyevga ko‘proq harbiy yordam ajratishni talab qilishi taxmin qilinmoqda. Biroq, AQShdagi Donald Tramp ma'muriyatining mazkur mojaroga nisbatan noaniq yondashuvi va xalqaro sanksiyalarga qaramay Rossiya dizelini xarid qilish bo‘yicha tuzilgan bitimlari Yevropa uchun og‘ir yuk bo‘lib qolayotgani ta'kidlanmoqda.
Source: www.dw.com