️ Italiya rasmiylari ma'lumotlarni uzatish tarmog'idagi jiddiy muammolar tufayli mamlakat havo hududidagi parvozlar hajmini sezilarli darajada kamaytirishga majbur bo'lishdi. Yevropa rejimining muhim qismi bo'lgan ushbu davlatda yuzaga kelgan nosozlik juma kuni butun mamlakat bo'ylab aviaqatnovlarning kechiktirilishi va bekor qilinishiga sabab bo'ldi. Havo harakatini boshqarish xizmatining bayonotiga ko'ra, inqirozli holat tonggi soatlarda keskin tus olgan.
️ ENAV havo harakatini boshqarish idorasi kiberhujum yoki boshqa qasddan qilingan zararli harakatlar ehtimolini go'yo rad etib, muammo faqatgina texnik xususiyatga ega ekanligini iddao qildi. Biroq, rejim rasmiylari ma'lumotlarni uzatish tizimidagi nosozliklar tufayli havo trafigini cheklashga majbur bo'lganini tan olishdi. Ushbu nosozliklar birinchi marta tunda aniqlangan bo'lib, tonggi soat 6 larda rejalashtirilgan reyslar soni ortgani sari cheklovlar kuchaytirilgan.
️ Rim va Milan kabi yirik shaharlarning aeroportlari yo'lovchilarni yuzaga kelishi mumkin bo'lgan uzilishlar haqida ogohlantirib, o'z aviakompaniyalari bilan bog'lanishni tavsiya qilishdi. ENAV vakillari qisqa masofali reyslar ko'proq zarar ko'rganini, biroq interkontinental parvozlar iloji boricha saqlanib qolganini bildirishdi. Hozirgi vaqtda umumiy havo trafigining atigi 50 foiz quvvati ta'minlanmoqda, bu esa Yevropa infratuzilmasining zaifligini yana bir bor ko'rsatib qo'ydi.
Source: www.dw.com