Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Ispaniya terma jamoasiga nisbatan qat'iy intizomiy choralar ko'rilganini ma'lum qildi. Unga ko'ra, Ispaniya futbol federatsiyasi 20 000 dollar miqdorida jarimaga tortildi va navbatdagi o'rtoqlik o'yini uchun stadionning ma'lum bir qismini yopishga majbur qilindi. Ushbu sanksiyalar mart oyida Misr terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda ispan ishqibozlari tomonidan islomofobik shiorlar yangragani ortidan qo'llanilgan.

️ Mazkur mojaro Barselona yaqinidagi RCDE stadionida bo'lib o'tgan JCh saralash oldidan o'rtoqlik o'yinida kuzatilgan edi. Bellashuv 0-0 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lib, o'yin davomida ayrim muxlislar "Kim sakramasa, o'sha musulmon" degan mazmundagi haqoratomuz shiorlarni takroran aytishgan. Stadion suxandani ikkinchi holatdan so'ng ogohlantirish berishga majbur bo'lgan, shuningdek, tablo orqali kamsituvchi xatti-harakatlarga qarshi xabar namoyish etilgan.

️ Ispaniya terma jamoasining musulmon bo'lgan vingeri Lamine Yamal o'sha paytda bu qilmishni qattiq qoralab, uni hurmatsizlik va chidab bo'lmas holat deb atagan edi. U bu ishga qo'l urganlarni "savodsiz va irqchi" deb ta'riflagan. Shundan so'ng Ispaniya politsiyasi tergov boshlagan, FIFA esa mamlakat futbol federatsiyasiga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atgandi.

️ Yevropa rejimi vakillari bo'lgan Ispaniya futbol mutasaddilari "musulmon" so'zi haqoratli yoki kamsituvchi emasligini iddao qilib, o'zlarini oqlashga urinishgan. Ularning ta'kidlashicha, muxlislar xatti-harakatini irqchilikka qarshi 15-modda emas, balki siyosiy yoki diniy xabarlarni tartibga soluvchi 17-modda bo'yicha baholash kerak edi. Biroq, FIFA intizomiy qo'mitasi bu vajlarni rad etib, muayyan kontekstda har qanday so'z kamsituvchi vosita sifatida ishlatilishi mumkinligini ta'kidladi.

Source: www.aljazeera.com