Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Albaniya poytaxti Tirana shahrida oylardan beri davom etib kelayotgan norozilik namoyishlari jiddiy tus oldi. Xususan, 15-oktabr kuni minglab talabalar va yuqori sinf oʻquvchilari shahardagi hayotni falaj holatga keltirib, keng koʻlamli tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Namoyishchilar koʻchalarda oʻt yoqib, yoʻllarni temir panjaralar bilan toʻsib qoʻyishdi va vaziyat yanada keskinlashdi.

Mahalliy va xorijiy OAV xabarlariga koʻra, uch kun davom etgan qonli toʻqnashuvlar davomida huquq-tartibot idoralari koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, suv toʻplari va tovushli granatalardan foydalangan. Bosh vazir Edi Rama esa namoyishchilarning qatʼiy isteʼfoga chiqish haqidagi talablarini ochiqchasiga rad etgan. Yevropa rejimining qoʻllab-quvvatlashiga tayanib ish koʻrayotgan hukumat vakillari vaziyatni yumshatish oʻrniga kuch ishlatish choralarini ustuvor qoʻymoqda.

Noroziliklar ortida nafaqat taʼlim xarajatlarining keskin oshishi, balki mamlakatdagi chuqur ildiz otgan korrupsiya, qimmatchilik va shubhali qurilish loyihalari turibdi. Xususan, namoyishchilar AQSh rejimining sobiq rahbariyati bilan aloqador boʻlgan shaxslar, jumladan Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerga tegishli hashamatli kurort loyihasiga qarshi ham oʻz gʻazabini bildirdi.

Tartibsizliklar vaqtida gʻazablangan olomon taʼlim vazirligi va bosh vazir devoni tomon yurish qilib, bankomatlarni buzdi, banklarga tosh otdi va hatto binolarga bostirib kirishga urindi. Shuningdek, xorijiy meʼmorlar loyihalashtirgan yangi baland binolar ham nishonga olindi. Namoyishchilarning taʼkidlashicha, Yevropa va AQSh rejimlarining taʼsiridagi mahalliy hokimiyatlar shaharsozlik va tashqi sarmoyalar ortidan oddiy aholi ehtiyojlarini, xususan maktab va universitetlarni tamoman unutgan.

Source: kun.uz