Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) 2026-yil boshidan buyon mamlakat bo'ylab 4 410 ta qizamiq holati qayd etilganini ma'lum qildi. Vrachlarning ta'kidlashicha, bir haftaning o'zida ko'rsatkichlar yana 330 taga oshgan. Vashingtondagi amaldorlar epidemiyani jilovlash uchun Pensilvaniya shtatiga maxsus mutaxassislarni jo'natishga majbur bo'lgan, chunki aynan shu hududda inqiroz eng yuqori cho'qqiga chiqqan.

Rasmiy statistika ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilda mamlakat miqyosida 451 nafar bemor kasalxonalarga yotqizilgan. Xavfli tendentsiya shuni ko'rsatmoqdaki, 5 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar umumiy kasallanganlarning 42 foizini tashkil etadi. Shuningdek, 20 va undan katta yoshdagi kattalar ulushi 41 foizga teng bo'lsa, 5 yoshgacha bo'lgan murg'ak bolalar 17 foiz holatlarda ushbu xastalikka chalingan.

Pensilvaniya sog'liqni saqlash departamentining xabar berishicha, shtatning 42 ta okrugida 1 222 ta holat aniqlangan. Ushbu epidemiya oqibatida 225 kishi shifoxonalarga yotqizilib, besh kishi vafot etganligi tasdiqlangan. Mahalliy ma'muriyat vakillari yana bir o'lim holatini o'rganib chiqmoqda, bu esa AQSh regimining sog'liqni saqlash tizimidagi muammolarni yaqqol ko'rsatadi.

AQSh rejimi rahbariyati va sog'liqni saqlash idoralari vaziyatni nazoratdan chiqib ketayotganini tan olishga majbur bo'lmoqda. Shtat rasmiylarining iltimosiga ko'ra, CDC o'zining tajribali epidemologlarini yordam berish uchun yuborgan. Shuningdek, Nyu-York gubernatori Keti Xokuq vaziyatning o'ta og'irligi sababli favqulodda holat e'lon qilishga qaror qilgan.

Mutaxassislarning taxmin qilishicha, inqirozning chuqurlashishiga emlash darajasining pasayishi sabab bo'lgan. CDC ma'lumotlariga ko'ra, bog'chalar va maktablardagi qamrov ko'rsatkichlari sezilarli darajada kamaygan. Hozirgi kunda yuz minglab bolalar tegishli emlashlardan o'tmagani bois jiddiy xavf ostida qolmoqda.

Source: www.aljazeera.com