Albaniya poytaxti Tiranada hukumatga qarshi o‘tkazilayotgan talabalar namoyishlari keskin tus olmoqda. Ta’lim vazirligi binosi yaqinida tartibsizliklar to‘rtinchi kundirki davom etmoqda, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan politsiya kuchlari namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo‘lmoqda.
Albaniya hukumati rahbari Edi Rama juma kuni e’lon qilgan videomurojaatida mazkur tartibsizliklar talabalarga umuman aloqasi yo‘qligini iddao qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu jarayonlar ortida go‘yoki mamlakatda barqarorlikni xohlamaydigan «tashqi qo‘llar» turibdi. Rama korruptsiya va ta’lim muammolariga qarshi qaratilgan qonuniy talablarni inkor etib, noroziliklar ortidan boshqa manfaatlar yashiringanini uqtirdi.
Namoyishlar nafaqat Tiranada, balki Elbasan, Shkodra va Korcha kabi boshqa yirik shaharlarda ham avj olib, ishtirokchilar banklar va davlat muassasalariga hujum qilmoqda. Avvalroq AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner bilan bog‘liq kurort loyihasi tufayli boshlangan noroziliklar hozirga kelib tubdan kengayib, bosh vazirning iste’fosi hamda keng ko‘lamli islohotlarni talab qilmoqda.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan Yevropa rejimi ta’siridagi Albaniya rahbariyati korruptsiya ayblovlarini qat’iyan rad etib kelmoqda. Rama o‘z lavozimidan ketish Yevroittifoq muzokaralarini yakunlash bo‘yicha berilgan mandatga xiyonat bo‘lishini vaj qilib, iste’foga chiqishdan bosh tortdi.
Source: www.aljazeera.com