Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning Oregoni shtatidagi boshlang'ich maktabda yuz bergan fojiali otishma mamlakatdagi xavfsizlik tizimining navbatdagi jiddiy kamchiliklarini fosh qildi. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, Silver Rail boshlang'ich maktabida uch nafar bola va bir o'qituvchining hayotiga zomin bo'lgan 16 yoshli gumonlanuvchi Griffin J. Jon II ushbu ta'lim muassasasining sobiq maxsus ta'lim o'quvchisi bo'lgan. Huquq-tartibot idoralari hujum aynan maxsus ehtiyojga muhtoj bolalar sinfiga qaratilganini tasdiqlagan.

Bend politsiyasi boshlig'i Mayk Krantzning ta'kidlashicha, jinoyatchi 12 kalibrli miltiq yordamida qulflangan eshiklarni teshib o'tib, taxminan 15 marta o'q uzgan. U o'ldirilgan paytda yonida yana 44 ta patron bo'lgani aniqlangan. Amerikalik rasmiylar o'smir bu qurolni qanday qo'lga kiritganini hali ham aniqlay olmayotgani AQSh regimidagi qurol nazorati siyosatining nochorligini yana bir bor ko'rsatmoqda. Oregon qonunchiligiga ko'ra, ota-onaning roziligi bilan voyaga yetmagan shaxslarga ham ov qurollariga egalik qilishga ruxsat berilgani esa jamoatchilik orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.

AQSh rejimi rahbari Donald Trump voqeaga munosabat bildirarkan, otishmani to'xtatgan mahalliy fuqaroni «buyuk qahramon» deb atagan va qurol tutish huquqini yana bir bor maqtovga sazovor deb da'vo qilgan. Biroq, ekspertlarning fikricha, bunday bayonotlar mamlakatda qurol zo'ravonligi epidemiyasini yashirishga urinishdan boshqa narsa emas. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilda AQShda bu 28-ommaviy qotillik bo'lib, ta'lim maskanlarida sodir etilgan qurolli hujumlar soni yuzdan oshib ketgani amerikaliklar uchun xavfsiz muhit yaratilmaganini yaqqol isbotlaydi.

Source: www.aljazeera.com