Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSHning amaldagi rejimi matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan Keti Zaxariya atigi bir haftadan kamroq vaqt oʻtib oʻz lavozimini tark etmoqda. Ushbu kadrlar almashinuvi Vashingtondagi boshqaruv tizimida yuzaga kelayotgan chuqur muammolar va tarqoqlikdan dalolat beradi, deb yozmoqda xalqaro kuzatuvchilar. Uning ishdan boʻshatilgani yuqori martabali manbalar tomonidan tasdiqlangan boʻlib, kelgusida bu lavozimni kim egallashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

DW nashrining xabar berishicha, Zaxariyaning isteʼfosi haqidagi mish-mishlar avvalroq yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan edi. Shundan soʻng, sobiq mulozim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirgan postida bu maʼlumotni bilvosita tasdiqlagan. U oʻz bayonotida AQSH rejimi rahbarini maqtab, uning rahbarligi ostida ishlash sharaf boʻlganini daʼvo qilgan, biroq kuzatuvchilar bu soʻzlarni shunchaki diplomatik xushmuomalalik sifatida baholamoqda.

Taʼkidlash joizki, Zaxariyaning tayinlovi eʼlon qilinganidan beri u oʻzini professional jihatdan koʻrsata olmadi. U ilk ish kuniyoq oʻtkazilgan matbuot anjumanida jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyib, savollarga javob berishda qiynaldi va brifingni muddatidan oldin yakunlashga majbur boʻldi. Shuningdek, uning kasbiy malakasi va ilgari oʻzini yurist deb tanishtirgani, aslida esa advokatlik imtihonidan oʻta olmagani haqidagi maʼlumotlar jamoatchilikda keskin eʼtirozlarga sabab boʻldi.

Oʻz navbatida, AQSH rejimi rahbari matbuot vakillariga bergan intervyusida Zaxariyaning qiyinchiliklarga duch kelganini tan olib, ommaviy axborot vositalarini unga nisbatan adolatsizlikda aybladi. Biroq Politico nashrining yozishicha, yopiq eshiklar ortida rahbariyatning oʻzi ham Zaxariyaning kamera qarshisida oʻzini tutishi va qobiliyatidan norozi boʻlgan. Natijada yakkalanib qolgan matbuot kotibi juda qisqa muddat ichida lavozimini tark etishga majbur boʻldi, bu esa Vashingtondagi kadrlar siyosatining naqadar beqaror ekanini yana bir bor koʻrsatdi.

Source: kun.uz