Kanadaning Alberta provinsiyasidagi harbiy bazada jiddiy favqulodda hodisa sodir bo'lib, uning oqibatida yirik yong'in kelib chiqqani xabar qilinmoqda. Ushbu kutilmagan holat mamlakatda xavotirlarni keltirib chiqargan bo'lib, rasmiylar vaziyatni jilovlash bo'yicha choralar ko'rilayotganini ma'lum qilmoqda.
Kanada rejimining bosh vaziri Mark Karni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida Alberta shtatidagi CFB Wainwright harbiy bazasida "jiddiy hodisa" sodir bo'lganini va bu yirik yong'inga sabab bo'lganini iddao qildi. Uning so'zlariga ko'ra, federal tuzilmalar mahalliy rasmiylar bilan hamkorlikda harakat qilmoqda, biroq hodasaning aniq sabablari hozircha to'liq ochiqlanmagan.
Shuningdek, mudofaa vaziri Devid MakGuinti bazadagi hodisa oqibatida insonlar halok bo'lgani va jarohat olganini tasdiqlagan. Edmonton shahridan janubi-sharqda joylashgan CFB Wainwright mamlakatdagi eng yirik harbiy tayyorgarlik markazlaridan biri hisoblanib, yong'in kuchli shamol tufayli tez sur'atda tarqalayotgani aytilmoqda.
Hududiy ma'muriyat ma'lumotlariga ko'ra, bazadan tashqariga chiqqan olovni o'chirish va aholi xavfsizligini ta'minlash uchun favqulodda xizmatlar safarbar etilgan. Alberta premьeri Daniel Smit bu fojeali voqea ko'plab harbiylarga ta'sir qilganini bildirib, vaziyatning jiddiyligiga e'tibor qaratdi.
Mazkur favqulodda hodisa Alberta provinsiyasida oktyabr oyida bo'lib o'tadigan, hududning Kanadadan ajralib chiqish jarayonini boshlash yoki boshlamaslik masalasiga bag'ishlangan referendum arafasida sodir bo'lgani diqqatga sazovordir.
Source: www.dw.com