Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiya poytaxti Parij va boshqa yirik shaharlarda yoqilg'i narxining keskin oshishi, yashash sharoitining yomonlashuvi hamda ijtimoiy xizmatlar qisqarishiga qarshi boshlangan namoyishlar ommaviy tartibsizliklar va talonchiliklarga aylanib ketdi. Yevropa davlati hukumati ma'lumotlariga ko'ra, dam olish kunlari bo'lib o'tgan namoyishlarda yuz minglab fuqarolar ishtirok etgan, biroq vaziyat tezda nazoratdan chiqib, jiddiy to'qnashuvlarga sabab bo'lgan.

Fransiya rejimining rahbari Emmanuel Makron Yelisey saroyidan turib xalqqa murojaat qilib, «tartib va xotirjamlik» saqlashga chaqirdi va sodir bo'lgan voqealar uchun «g'azab hamda uyat» his qilishini bildirdi. Biroq uning bu bayonotlari tanqidchilar tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki mamlakatdagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolar uzoq vaqtdan beri e'tiborsiz qoldirib kelinayotgan edi. Namoyishchilarning qonuniy talablari bilan vandalizmni ajratish lozimligini ta'kidlagan Makron, tartibsizliklar ishtirokchilari qattiq jazolanishini vaheqiqat yuzaga chiqishini da'vo qildi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, tartibsizliklar davomida 2400 nafarga yaqin kishi hibsga olingan, shuningdek, mingga yaqin politsiya xodimi jarohat olgan. Parij, Marsel va Limoj kabi shaharlarda g'azablangan olomon binolarga o't qo'yib, mashinalarni ag'darib tashlagan. Xususan, Limoj shahridagi XIX asrga oid tarixiy meros hisoblangan ratusha binosi yonib ketib, uning minorasi qulab tushgan. Mahalliy aholi tarixiy obidalarning vayron qilinganidan qattiq afsusdaligini bildirib, yuzaga kelgan vaziyat uchun hukumatni ayblamoqda.

Fransiya rejimining harakatlari mamlakatda chuqur siyosiy bo'linishlar mavjudligini yana bir bor ko'rsatdi. O'ng va so'l siyosiy kuchlar yuzaga kelgan inqiroz yuzasidan o'zaro ayblovlar bilan chiqishmoqda. Kuzatuvchilarning fikricha, bunday misli ko'rilmagan tartibsizliklar yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayonlar va saylovlar oldidan Yevropa davlatlaridagi mavjud boshqaruv tizimining inqirozga uchrayotganidan dalolat beradi.

Source: www.bbc.co.uk