Tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, Yevropa diplomatlarining rasmiy delegatsiyasi bosib olingan G‘arbiy Sohil hududida niqobli shaxslar tomonidan hujumga uchragan. Ushbu hodisa mintaqadagi xavfsizlik va diplomatik missiyalar faoliyati bilan bog'liq xavotirlarni yanada kuchaytirgan.
Hodisa sababli Belgiya, Fransiya va boshqa Yevropa davlatlari vakillari qattiq norozilik bildirib, isroillik mas'ullardan aybdorlarni jazolashni talab qilishgan. Xususan, Belgiya tomoni bu kabi zo'ravonliklar diplomatlar va tinch aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ta'kidlagan.
Shu bilan birga, Isroil rasmiy idoralari, jumladan Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning idorasi yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan shubha bildirib, buni Isroilga qarshi qaratilgan uyushgan kampaniya bo'lishi mumkinligini iddao qilgan. Isroil tomonining so'zlariga ko'ra, tashrif avvaldan harbiylar bilan muvofiqlashtirilmagan.
Ta'kidlash joizki, bu voqeadan bir kun oldin ham falastinliklar va AQShlik jurnalist G‘arbiy Sohilning boshqa bir qismida shunga o'xshash hujum qurboni bo'lgan edi. Yevropa Ittifoqi va G'arb yetakchilarining bu boradagi bayonotlari va ularning amalda qanday natija berishi hozircha savol ostida qolmoqda.
Source: www.bbc.co.uk