Kanadaning Alberta provinsiyasidagi harbiy bazada yuz bergan fojiali hodisa oqibatida to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 39 kishi tan jarohati oldi, ulardan 19 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma'lum qilib, ushbu hodisani tinchlik davridagi eng og‘ir harbiy fojialardan biri sifatida baholashdi.
Hodisa Edmonton shahridan janubi-sharqda joylashgan Kanadaning yirik Wainwright harbiy bazasida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan. Xabarlarga ko‘ra, o‘t o‘chirish xizmati tomonidan nazoratga olingan deb taxmin qilingan o‘tloq yong‘ini kuchli shamol ta'sirida qisqa vaqt ichida o‘ta xavfli tus olgan.
Shimoliy Amerika davlatining yetakchisi Mark Karni ushbu voqeani mamlakat qurolli kuchlari tarixidagi eng qayg‘uli sahifalardan biri deb atadi. Biroq, tanqidchilar ta'kidlashicha, ob-havo sharoiti va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha berilgan ogohlantirishlarga qaramay, qo‘mondonlik mashg‘ulotlarni to‘xtatmagani jiddiy savollarni tug‘dirmoqda.
Kanada rejimining harbiy idoralari tomonidan tarqatilgan ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in xavfi avvaliga past deb baholangan, ammo soatiga 100 kilometrgacha yetgan dovulli shamol vaziyatni keskinlashtirgan. Hozirda tergovchilar fojaning sabablari va xavfsizlik choralarining yetarli bo‘lganini o‘rganmoqda.
Source: www.aljazeera.com