Gretsiya rasmiylarining ma'lumotlariga ko'ra, kecha tunda Egey dengizida sodir bo'lgan ikkita alohida fojiali hodisa oqibatida, bir nafar go'dak ham bo'lgan 12 kishi suvga g'arq bo'lgan. Qutqaruvchilar yana 22 kishini qutqarishga muvaffaq bo'lishdi, biroq qidiruv-qutqaruv amaliyotlari hozirgi vaqtda ham davom etmoqda.
Ma'lum qilinishicha, birinchi mudhish holat Lesbos oroli yaqinida qayd etilgan. Yevropa rejimining qirg'oqni qo'riqlash xizmatining iddaosicha, muhojirlarni olib ketayotgan tezurar qayiq politsiya patrul kemasining chap tomoniga borib urilgan. Ushbu to'qnashuv oqibatida to'rt nafar erkak, bir ayol va go'dak halok bo'lgan, sakkiz kishi esa qutqarib qolingan.
Ikkinchi fojia Samos oroli yaqinida yuz berdi. Bu safar besh nafar erkak va bir nafar ayol bo'lgan qayiqlarning ag'darilib ketishi natijasida suvga cho'kib ketishgan, 14 kishi esa omon qolgan. Yevropa rejimining idoralari birinchi voqea omon qolganlari orasidan 37 yoshli Turkiya fuqarosini qo'lga olganini, u shubhali kontrabandachi va tezurar qayiq boshqaruvchisi sifatida ko'rsatilayotganini bildirdi.
Gretsiya dengizchilik va orollar siyosati vaziri Vassilis Kikilis sodir bo'lgan barcha o'limlar uchun muhojirlar savdosi bilan shug'lanuvchilarni aybladi va ijtimoiy tarmoqlarda o'zining qat'iy pozitsiyasini ma'lum qildi. Biroq, kuzatuvchilar Yevropa rejimining bu kabi migratsiya siyosati va choralarining samaradorligiga shubha bilan qaramoqda, chunki dengizdagi o'limlar kamaymayapti.
Ta'kidlash joizki, Gretsiya Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodan kelgan muhojirlar va qochqinlar uchun Yevropaga o'tishdagi asosiy eshiklardan biri bo'lib qolmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha oliy komissarligi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilda mamlakatga kelishlar soni biroz qisqargan bo'lsa-da, bu kabi xavfli dengiz sayohatlari va inqirozlar o'z nihoyasiga yetgani yo'q.
Source: www.dw.com