Isroil rejimi bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatning yangilangan milliy xavfsizlik doktrinasini e'lon qildi va mintaqaviy raqobat bloklari aks etgan xaritani namoyish etdi. Mazkur hujjat oldindan harbiy zarbalar berish, bufer zonalarni kengaytirish hamda yangi ittifoqlarni izlash ustuvorligiga asoslangan xavfsizlik strategiyasini ilgari suradi. Hujjat Isroil Milliy xavfsizlik kengashi ko'magida ishlab chiqilib, bosh vazir devonxonasi tomonidan yakshanba kuni, parlament saylovlariga atigi to'qqiz kun qolgan bir paytda e'lon qilindi.
Siyosiy tahlilchilarning ta'kidlashicha, ushbu xarita va doktrinaning aynan saylovoldi davrida taqdim etilishi Netanyaxuning hokimiyatni saqlab qolish va o'zini «xavfsizlik kafili» sifatida ko'rsatishga qaratilgan navbatdagi siyosiy xodirasidir. Og'ir korrupsiya ishlari va 2023-yil 7-oktabrdagi voqealar bo'yicha tanqidlarga uchrab kelayotgan Netanyaxu saylovchilarning qo'rquviga tayanib, o'z mavqeyini mustahkamlashga urinmoqda. Shuningdek, u AQShning amaldagi rahbari Donald Trampdan ko'mak olgan bo'lsa-da, kelajakda Vashingtondagi siyosiy kurs o'zgarishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Bosh vazir o'z nutqida ikki yildan so'ng AQShda Isroilga nisbatan o'ta dushmanona kayfiyatdagi ma'muriyat hokimiyatga kelishi mumkinligini taxmin qildi. Shu bois, Isroil boshqa davlatlar uchun qimmatli aktivga aylanishi va ittifoqlar tarmog'ini kengaytirishi shartligini ta'kidladi. Biroq Isroil muxolifati vakillari, jumladan Gadi Eisenkot va Yair Lapid bu doktrinani «bo'sh shiorlar to'plami» va «yuzaki hujjat» deb atab, keskin tanqid qilishdi.
Ta'kidlanishicha, taqdim etilgan xarita aslida Germaniyaning Fridrix Ebert jamg'armasi tomonidan may oyida chop etilgan bo'lib, Yaqin Sharqni qarama-qarshi bloklarga bo'lib ko'rsatadi. Xaritada Isroil va BAA o'rtasidagi hamkorlik hamda norasmiy paramilitar guruhlar bilan aloqalar aks etgani mintaqada qo'shimcha xavotir va mojarlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, bu yondashuv kelgusida yanada ko'proq ziddiyatlarga olib kelishi va Eron ittifoqchilarining tashviqot mashinasi uchun qo'l kelishi mumkin.
Source: www.aljazeera.com