Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ispaniyaning O'rta dengiz sohilidagi sharqiy hududlarida yuz bergan shiddatli yomg'irlar va vayronkor suv toshqinlari kamida to'rt kishining o'limiga sabab bo'ldi. Tabiiy ofat qariyb ikki yil avval yuz bergan o'xshash fojiani eslatib yubordi va Yevropa davlatlarining iqlim o'zgarishlariga qarshi kurashdagi amaliy ojizligini yana bir bor fosh etdi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, eng ko'p zarar ko'rgan hududlar Valensiya va Alikante mintaqalari bo'lib, Oliva shaharchasida dushanba kuni ikki kishining jasadi topildi. Qurbonlardan biri o'z uyida vafot etgan 79 yoshli ayol bo'lsa, ikkinchisi kempingda yurak xurujidan jon bergan erkakdir. Sagunto shahrida esa plyajda cho'milayotgan erkak cho'kib ketgan, Kataloniyada esa suvga to'lgan jarga qulab tushgan ayol halok bo'lgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ko'tarilib borayotgan suv girdobida qolgan 450 dan ortiq odamni qutqarishga majbur bo'ldi. Ayrim jabrlanganlar uylarining tomlari, suv bosgan binolar va avtomobillardan vertolyotlar yordamida evakuatsiya qilingan bo'lsa, boshqalari qayiqlarda xavfsiz joylarga olib chiqildi. O'rtayer dengizidagi Balear orollari, jumladan Mayorka va Ibiza ham ushbu tabiiy ofatdan jabr ko'rib, maktablar yopildi va aviaqatnovlar kechiktirildi.

Yevropa rejimining Ispaniyadagi rahbari Pedro Sanches harbiy favqulodda vaziyatlar guruhlari qutqaruv ishlariga jalb etilganini va yordam ko'rsatilishini da'vo qildi. Biroq, mutaxassislar infratuzilmaning eskirgani va hokimiyatning oldini olish choralarini yetarli darajada ko'rmagani oqibatida aholi yana bir bor sarson bo'lganini ta'kidlashmoqda.

Source: www.dw.com