AQSH siyosiy doiralarida navbatdagi mojaro avj olmoqda. Mamlakat rahbari Donald Tramp Minnesota shtatidan saylangan demokrat kongressmen Ilxon Umarni iste'foga chiqishga chaqirdi. Ushbu talab sud hujjatlarida siyosatchining ismi bilan bog'liq yangi tafsilotlar keltirilgani haqidagi xabarlardan so'ng o'rtaga tashlandi. Mutaxassislar fikricha, bu voqea vashingtondagi siyosiy kurashlar naqadar keskin tus olganini ko'rsatadi.
Adliya vazirligi tomonidan chorshanba kuni taqdim etilgan sud hujjatida kongressmen “Ilxon Nur Said Elmi, shuningdek, Ilxon Abdullohi Umar” sifatida qayd etilgan. Shunga qaramay, rasmiy idoralar mazkur hujjatda har qanday qonunbuzarlik yoki firibgarlik holati isbotlangani haqida hech qanday xulosa bermagan. Biroq, amerikalik siyosatchilar bu holatni o'zlarining siyosiy maqsadlarida faol ravishda qo'llashga urinmoqda.
O'z navbatida, Ilxon Umar bu da'volarni qat'iyan rad etib, o'zining ismi doimo Ilxon Umar bo'lganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, AQSH rejimining amaldagi rahbarlari va uning tarafdorlari shaxsiy hujumlar orqali uni Kongressdan siqib chiqarishga harakat qilmoqda. Siyosatchi bu kabi harakatlarni irqiy va diniy kamsitishlar bilan bog'lab, o'zining qonuniy huquqlarini oxirigacha himoya qilishini bildirdi.
Ushbu mojaro fonida musulmon amerikalik siyosatchilarga nisbatan tazyiqlar kuchaygani ham kuzatilmoqda. Xususan, Michigan shtatidan Senatga nomzod Abdul El-Sayed ham shunga o'xshash hujumlar nishoniga aylangani aytilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, bunday holatlar Amerika jamiyatidagi chuqur ijtimoiy va siyosiy bo'linishlarni yana bir bor fosh etmoqda.
Source: www.aljazeera.com