O‘zbekiston poytaxti Toshkentda xalqaro moliyaviy markaz tashkil etilishi e’lon qilindi. Ushbu markaz tarkibida xalqaro savdo sudi ham faoliyat yuritadi, u birinchi va apellyatsiya instansiyalarida nizolarni ko‘rib chiqadi. Bu xorijiy investorlarning ishonchini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus hisoblanadi.
Markaz hududida maxsus huquqiy rejim joriy etiladi, bu konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi. Boshqaruv organlari fuqarolik, korporativ, tijorat, moliyaviy, bank, soliq va mehnat huquqi, shuningdek davlat xaridlari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohalarida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Markazda keng ko‘lamli faoliyat turlari ruxsat etiladi: bank va investitsiya operatsiyalari, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar va raqamli aktivlar bilan ishlash, fintex xizmatlarini rivojlantirish, shuningda auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar ko‘rsatish. Alohida e’tibor islomiy va "yashil" moliyaga qaratiladi.
Markazning ish faoliyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u milliy qonunchilikka zid kelmaydigan qismda Angliya va Uelsning umumiy huquqi va adolat tamoyillarini qo‘llaydi. Bu O‘zbekistonning moliyaviy tizimini global standartlarga yaqinlashtirishga yordam berishi kutilmoqda.
Source: podrobno.uz