Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasining Gidrometeorologiya xizmati (O‘zgidromet) dushanba kuni mamlakatning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati +18…+23 daraja oralig‘ida, ba’zi joylarda esa +24…+26 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

7-8-aprel kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa momaqaldiroq bilan birga kuzatilishi kutilmoqda. Bu kunlarda kunduzgi harorat asosan +13…+18 daraja oralig‘ida bo‘lishi bashorat qilinmoqda. 6-7-aprel kunlari ba’zi hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda esa chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

9-10-aprel kunlari faqat respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzgi harorat esa +20…+25 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi, tog‘larda esa qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +24…+26 daraja bo‘lishi bashorat qilinmoqda. 7-8-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 7-aprelda shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Bu kunlarda kunduzgi harorat +15…+17 daraja oralig‘ida bo‘ladi. 9-aprelda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 10-aprelda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat esa +20…+25 darajagacha ko‘tarilishi bashorat qilinmoqda.

Source: www.gazeta.uz