Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) musobaqalar qoʻmitasi 2026/27 mavsumidan boshlab Osiyoning asosiy klub turniri — AFC Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etadigan klublar sonini 24 tadan 32 taga oshirishni tavsiya qildi. Bu taklif AFC Ijroiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak boʻlgan keng qamrovli islohotlarning bir qismi hisoblanadi.

Yangi tuzilma ikki zonani — sharqiy va gʻarbiy — saqlab qoladi, har birida 16 ta klub boʻladi. Guruh bosqichidan soʻng, har bir zonada 1–6-oʻrinlarni egallagan klublar 1/8 finalga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oladi. 7–10-oʻrinlarni egallagan klublar esa pley-off oʻyinlarida qatnashib, gʻoliblar 1/8 finalga chiqish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu oʻzgarishlar turnirning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

2026/27 mavsumida xalqaro futbol taqvimi juda zich boʻlgani sababli, saralash bosqichi oʻtkazilmaydi — uni keyingi mavsumlarda joriy qilish rejalashtirilgan. Islohotlar turnirning geografik qamrovini kengaytirish va uning tijorat jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Klublar uchun kvotalar taqsimoti keyinroq eʼlon qilinadi.

Source: kun.uz