O‘zbekiston raisligida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchi ayollari dialogining birinchi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon ayollari: ustuvor vazifalar va birgalikdagi harakatlar” mavzusidagi uchrashuvda mintaqa davlatlari parlamentlari vakillari, shuningdek, BMTning mintaviy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Majlisni O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Narbayeva ochib, ushbu platformaning o‘sib borayotgan nufuzini ta’kidladi. U 2020-yil dekabrda O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilganidan beri dialog mamlakatlararo birgalikdagi tashabbuslarni ilgari surishning muhim vositasi bo‘lib kelganini aytdi. So‘nggi besh yil ichida dialog majlislari mintaqaning barcha davlatlarida o‘tkazilgan va hozirga qadar 20 ga yaqin muhim hujjat qabul qilingan.
2026-yilda platformaga raislik yana O‘zbekistonga o‘tdi, u ilgari 2021-yilda ham ushbu tashkilotga raislik qilgan. Joriy kun tartibida Ozarbayjonning ishtiroki alohida ahamiyat kasb etdi: uning dialogga qo‘shilishida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvi chog‘ida, Prezident Ilhom Aliyev ishtirokida qo‘yilgan tashabbus muhim omil bo‘ldi. Kechagi majlisda ishtirokchilar yil davomidagi ustuvor vazifalarni batafsil muhokama qilishdi, ularda ayol tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, biznes-forumlar o‘tkazish va ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik amaliyotini almashish alohida o‘rin egalladi.
O‘zbekiston raisligi doirasida may oyida Buxoroda “Ayollarning ilm-fanda yetakchiligi” konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, u ikkinchi Osiyo ayollar forumiga bag‘ishlanadi. Ushbu tashabbus mintaka olimlari o‘rtasida ilmiy hamkorlik va birgalikdagi tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun platforma yaratishga qaratilgan.
Bundan tashqari, yosh ayollar imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, bu Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 12-Global yosh parlamentarlar forumida muhokama qilinadigan asosiy mavzu bo‘ladi. Uchrashuvni yakunlab, ishtirokchilar xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab, mintaviy ishonchni mustahkamlashga tayyorligini bildirishdi va ushbu keng qamrovli birgalikdagi ish natijalarini joriy yil oxirida umumlashtirishga kelishib oldilar.
Source: podrobno.uz