O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda davlat byudjeti ijrosi, eksport hajmini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Prezident iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va aholi farovonligini oshirish uchun islohotlarni tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida tegishli vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi.
Source: uznews.uz