Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Soliq va Bojxona qo‘mitalari ma’lumotlari asosida 2025-yil yakunlari bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanishni tahlil qildi.

Imtiyozlarning umumiy miqdori 178,1 trillion so‘mni tashkil etdi (2023-yilda 127,1 trillion so‘m edi). Shundan 119 trillion so‘mi soliq imtiyozlari, 59,1 trillion so‘mi esa bojxona imtiyozlaridir.

Soliq imtiyozlari bo‘yicha yetakchilar: Uzbekistan GTL — 2,8 trillion so‘m, Uzbekistan Airways — 2,4 trillion so‘m, “O‘zbekneftgaz” — 1,7 trillion so‘m, “O‘zbekiston temir yo‘llari” — 1,1 trillion so‘m, UzAuto Motors — 899 milliard so‘m.

Bojxona imtiyozlari bo‘yicha eng katta oluvchi UzGasTrade — 2,1 trillion so‘m. Undan keyin RWS Optimum (temir yo‘l relslari uchun temir-beton shpal ishlab chiqaruvchi) — 1,4 trillion so‘m va Enter Engineering Qorauzak IES — 1,1 trillion so‘m.

Doimiy ravishda bojxona imtiyozlarini oluvchi beshta kompaniyadan to‘rttasi Enter Engineering bilan bog‘liq. Ular jami 1,8 trillion so‘mdan ortiq imtiyozlardan foydalangan.

Boshqa oluvchilar qatorida Asia Trans Gas (Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvurining O‘zbekiston qismi operatori) — 860 milliard so‘m soliq imtiyozi, My Freighter — 660 milliard so‘m, Humo — 542 milliard so‘m, Trest 12 — 519 milliard so‘m bojxona imtiyozi va Gorilla Energy — 414 milliard so‘m bor.

Source: kun.uz