O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6−26-may kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxati taqdim etildi. Ro‘yxat bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan shakllantirilgan.
Yig‘in Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tadi va uning doirasida jamoa Superliga klublariga qarshi yopiq nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Source: www.gazeta.uz