Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida 6-maydan 26-mayga qadar Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Bosh murabbiy Fabio Cannavaro poytaxtdagi yig‘in uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Mashg‘ulotlar Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘in davomida jamoa Superliga klublariga qarshi yopiq nazorat o‘yinlarini o‘tkazadi. Bu o‘yinlar terma jamoaning jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichining muhim qismidir.

2026 yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor ushbu turnirda ishtirok etadi.

Source: kun.uz