Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

7-may kuni qator OAV, 8-may tongida esa Gazeta ham o‘z manbalariga tayanib, Moskvaga tashrif rejalashtirilmagani haqida xabar bergan edi. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lib chiqdi.

Source: www.gazeta.uz