Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U17) Osiyo Kubogining guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Birinchi o'yindayoq jamoa jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

10-may kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda bosh murabbiy Sergey Chigodayev shogirdlari Hindiston terma jamoasi darvozasiga uchta javobsiz gol urdi. Gollardan birini Laziz Abduraimov penaltidan, ikkinchisini Axror Ravshonbekov kiritdi. Yana bir gol hindistonlik himoyachi o'z darvozasiga kiritdi.

D guruhida O'zbekistondan tashqari Hindiston va Avstraliya ishtirok etmoqda. Avvalroq Avstraliya yoshlar terma jamoasi Hindistonni 4:0 hisobida mag'lub etgan edi. Natijada O'zbekiston kamida ikkinchi o'rinni egallab, jahon chempionatiga yo'llanma va Osiyo Kubogi chorak finaliga chiqishni kafolatladi. Dastlab guruhda to'rt ishtirokchi bo'lishi rejalashtirilgan edi, ammo KXDR yoshlar terma jamoasi turnirdan voz kechdi.

U17 Osiyo Kubogi Saudiya Arabistonida o'tkazilmoqda. Chigodayev shogirdlari guruh bosqichining so'nggi o'yinini 13-may kuni Avstraliyaga qarshi o'tkazadi.

U17 jahon chempionati joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo'lib o'tadi.

Source: kun.uz