Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida, shuningdek respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati +25…+28 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida +30…+33 darajagacha bo‘ladi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kundan kunga ko‘tariladi. 15-may kuniga kelib kunduzi havo +32…+35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +36…+38 darajagacha isiydi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 12−15-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 12-mayda +25…+27 daraja bo‘ladi, 13−15-mayda +32…+34 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Source: www.gazeta.uz