Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, O‘zbekiston birinchi marta milliy aktivlarini xalqaro ommaviy kapital bozoriga olib chiqqan. UzNIF IPOsi London va Toshkent fond birjalarida Franklin Templeton bilan hamkorlikda bir vaqtda boshlangan.

«Tizimli va izchil islohotlar tufayli iqtisodiyotimiz 3 barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi oshdi, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlandi. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi», — dedi Mirziyoyeva.

Uning ta’kidlashicha, BlackRock, Franklin Templeton va Redwheel kabi yirik xalqaro investorlarning ishtiroki jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistonning iqtisodiy kursiga va uzoq muddatli salohiyatiga bo‘lgan ishonchining yuqori darajasidan dalolat beradi.

Avvalroq UzNIF IPOsi xalqaro investorlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘tgani xabar qilingan edi. Fond aksiyalariga talab joylashtirish hajmidan to‘rt baravar ko‘p bo‘lgan, umumiy arizalar hajmi esa 3 milliard dollarga yaqinlashgan.

O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi yirik davlat korxonalaridagi ulushlarni konsolidatsiya qilish va mamlakat iqtisodiyotiga xalqaro kapitalni jalb etish uchun tashkil etilgan.

Source: kun.uz