O‘zbekiston bir necha oylik tanaffusdan so‘ng yana oltin bozoriga chiqdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-aprel oylarida 1,5 milliard dollarlik nopul oltin eksport qilingan, bu hajmning barchasi faqat aprel oyiga to‘g‘ri kelgan.
Nopul oltin eksport tarkibida 15,1% ni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich deyarli uch baravar yuqori – 45,7% bo‘lib, mamlakat 5,4 milliard dollarlik qimmatbaho metalni sotgan edi.
Rasmiylar tanaffus sababini ochiqlamagan. Shu bilan birga, oltinsiz tovar eksporti 28,7% ga oshgan. Statistikada to‘qimachilik, meva-sabzavot mahsulotlari va xizmatlar yetkazib berish hajmi o‘sgani qayd etilgan.
Avvalroq O‘zbekiston 2025-yilning to‘qqiz oyida deyarli 10 milliard dollarlik oltin sotgani, faqat sentyabr oyida esa 1,47 milliard dollarlik eksport amalga oshirilgani xabar qilingan edi.
Source: podrobno.uz