Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida Davlat soliq inspeksiyasining yangi boshliqlari tayinlandi. Kadr o‘zgarishlari 22 iyun kuni Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Yangi rahbarlar quyidagilardan iborat: Jamshid Ashurovich Ergashev – Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i; Laziz Rustamovich Nasirov – Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i; Xamdam Xakimboyevich Rajabov – Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i; Xabibulla Tojiyevich Inomov – Olmazor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i.
Tayinlovlar davlat soliq xizmati faoliyati samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatidan foydalanish va rahbar kadrlar zaxirasini mustahkamlashga qaratilgan. Soliq qo‘mitasida rahbarlik lavozimlariga tashabbuskor va malakali, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega mutaxassislar ilgari surilayotgani ta’kidlangan.
Source: kun.uz