O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida 24-iyun kuni kechki payt 3−4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Yer silkinishi Quvasoy shahriga to‘g‘ri keldi, magnituda 4 ni tashkil etdi. Zilzila, shuningdek, Andijon viloyatida 2 ball ko‘rinishida sezildi. Chuqurlik: 13 km.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila aholi orasida vahima qo‘ymagan va hech qanday talafot yoki vayronagarchilik qayd etilmagan. Mutaxassislar vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Source: www.gazeta.uz