Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanida issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish munosabati bilan Aviasozlar ko‘chasining bir qismi transport uchun vaqtincha yopiladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, magistral issiqlik tarmoqlarini yangilash ishlari iste’molchilarni barqaror va sifatli issiqlik bilan ta’minlash maqsadida davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan 11 iyul soat 08:00 dan 31 iyul soat 06:00 gacha Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasida issiq suv ta’minotining magistral quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi.

Qurilish-ta’mirlash ishlari davrida xavfsizlikni ta’minlash uchun ushbu uchastkada avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Kompaniya haydovchilardan marshrutni oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘raydi.

Veolia Energy Tashkent aholi va haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va joriy etilayotgan cheklovlarni tushunish bilan qabul qilishni iltimos qiladi.

Source: kun.uz