O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha issiq havo asta-sekin kuchayib boradi.
Dushanba kuni respublika bo‘yicha asosan quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +38…+41 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarda +42…+44 darajagacha ko‘tariladi.
Hafta davomida kunduzgi harorat +41…+43 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarda +42…+44 daraja atrofida bo‘ladi. Kechalari havo dim bo‘lib, +23…+28 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarda +28…+33 daraja atrofida kuzatiladi.
Sharqdan esadigan shamol tezligi 7−12 m/s, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
13−14-iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. 13-iyulda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin xavfi mavjud.
Toshkent shahrida kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Dushanba va seshanba kunlari kunduzgi harorat +38…+40 daraja, 15−17-iyulda +40…+43 daraja, kechalari +25…+28 daraja bo‘ladi.
Source: www.gazeta.uz