Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Namangan viloyatida tug‘ilgan, ilgari Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan sudlangan 25 yoshli shaxs ushlangan. U AQShga ketish istagida bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldov yo‘li bilan 50 ming dollar berishga ko‘ndirgan.

Kelishilgan mablag‘ning bir qismini olish uchun mijozni kafega chaqirib, undan 20 ming dollar olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Source: www.gazeta.uz