Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyatida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari kriptoaktivlar bilan noqonuniy faoliyat olib borganlikda gumon qilinayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Gumonlanuvchining uyida guvohlar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv davomida bitta noutbuk, ikkita mobil telefon va 43 ta bank plastik kartalari olib qo‘yildi. Ushbu vositalar orqali erkak kriptoaktivlar bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgan.

Aniqlanishicha, uning USDT kriptoaktivi bilan amalga oshirgan operatsiyalarining umumiy hajmi 500 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: uznews.uz