Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qashqadaryo viloyatining Kamashi tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 30-iyun kuni soat 20:00 atrofida D-149 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida 17 yoshli yigit boshqargan Chery rusumli avtomobil 3 yoshli qizaloqni urib yubordi.

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, avtomobil harakatlana boshlagan paytda bola mashina oldida bo‘lgan. Hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Qizaloqqa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning olgan jarohatlari va hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi. Holat bo‘yicha to‘plangan materiallar Kamashi tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga topshirish uchun tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda elektron skuter Lacetti bilan to‘qnashuvida og‘ir jarohat olgan 23 yoshli kuryer vafot etgani xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz