O‘zbekiston hududining katta qismida dushanba va seshanba kunlari quruq hamda iliq ob-havo saqlanib turishi prognoz qilinmoqda. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, kunduz kunlari havo harorati asosan +20…+23 daraja atrofida iliq bo‘ladi.
Shunga qaramay, 4-noyabrda Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida, shuningdek, kechga tomon respublikaning qolgan hududlarida ham yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shu bilan birga, mamlakatning shimoliy va sharqiy qismlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.
Joriy yilning 5-noyabr sanasida respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida faqat kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Keyinchalik, 6-noyabrda esa deyarli barcha hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati kechalari +7…+12 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari esa 4-5-noyabr kunlari +18…+23 darajani tashkil etsa, 6-noyabrga kelib harorat +23…+25 darajagacha, janubiy hududlarda esa hatto +27 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shuningdek, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esishi prognoz qilinmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li zonalarda эsa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkinligi qayd etildi.
Toshkent shahrida esa asosan yog‘ingarchilik kutilmayapti, biroq 4-noyabr kechqurun hamda 5-noyabr kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud. Poytaxtda sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechalari +8…+10 daraja, kunduz kunlari esa +20…+22 daraja atrofida bo‘ladi.
Source: www.gazeta.uz