Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sakkiz o'n sakkiz yoshli Jahongir Xalimov maktab davridayoq moliya va buxgalteriya hisobiga katta qiziqish bildirib, nufuzli xalqaro ACCA dasturi bo'yicha puxta bilim olishni boshlagan edi. Yosh yigit o'qish davrida ACCA’ning sakkizta murakkab imtihonidan muvaffaqiyatli o'tishga muvaffaq bo'ldi va buning natijasida nufuzli xalqaro moliya sertifikati, shuningdek, yuqori balli IELTS, SAT va uchta milliy sertifikatni qo'lga kiritdi.

Erishilgan ushbu salmoqli natijalar yosh iste'dod egasiga nufuzli London universitetida (University of London) professional buxgalteriya hisobi yo'nalishi bo'yicha tahsil olish imkoniyatini ochib berdi. Ta'lim muassasasi ma'muriyatining xabar qilishicha, Al-Jabr maktabi bitiruv kunida Jahongirning ko'rsatgan yuqori natijalari va intilishlarini munosib taqdirlash maqsadida unga maxsus avtomobil sovg'a qilgan.

Jahongirning aytishicha, o'qish jarayoni boshida unchalik oson kechmagan, chunki darslar juda ko'p bo'lib, o'quvchilar ertalabki soat to'qqizdan kechki oltigacha maktabda bo'lishardi. Biroq o'qituvchilarning professional yondashuvi va qo'shimcha mashg'ulotlari evaziga u qiyinchiliklarni yengib o'tishga muvaffaq bo'lgan.

Shuningdek, u bunday muvaffaqiyatga erishishda shaxsiy intilish bilan bir qatorda sog'lom muhit va maqsadga intiluvchan tengdoshlar qurshovi ham muhim rol o'ynaganini alohida ta'kidlab o'tdi. Birinchi sertifikatni qo'lga kiritish eng og'ir bosqich bo'lganini, keyinchalik esa imtihon tizimini o'zlashtirib, yanada yuqori natijalar ko'rsatganini qayd etdi.

Source: kun.uz