Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Samarqand viloyatida Saudiya Arabistoniga noqonuniy tarzda kichik haj ziyoratini uyushtirmoqchi bo'lgan shaxsning qing'ir qilmishiga chek qo'yildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining tezkor tadbiri davomida mahalliy fuqaroning to'rt nafar qarindoshini Umra safariga yuborishni va'da qilgan turistik firma xodimi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Samarqand tumanida faoliyat yurituvchi turizm korxonasi vakili o'z xizmatlari evaziga fuqarodan naqsh 5 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag'ini olayotgan vaqtida qo'lga olingan. Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur shaxsning aslida hech qanday qonuniy vakolatga ega emasligi aniqlangan.

O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida gumonlanuvchi faoliyat yuritgan sayyohlik agentligining ziyorat tadbirlarini tashkil etish uchun zarur bo'lgan litsenziyaga ega emasligi ma'lum bo'ldi. Ayni damda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda va barcha holatlar o'rganilmoqda.

Mutasaddilar aholini bunday firibgarlik holatlaridan ogoh bo'lishga chaqirib, Saudiya Arabistoniga safarlarni rejalashtirishda turistik firmalarning litsenziyasi mavjudligini diqqat bilan tekshirish zarurligini eslatib o'tmoqdalar. Eslatib o'tamiz, avvalroq Andijon va Farg'ona viloyatlarida ham shunga o'xshash noqonuniy Umra safarlarini uyushtirish holatlari aniqlangan edi.

Source: podrobno.uz