Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qarshining «Nasaf» jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi 2 (OÇL-2) guruh bosqichining to‘rtinchi turi doirasida safarda Kuvaytning «Al-Kuvayt» klubiga qarshi bahs olib bordi. Jobir Al-Muborak stadionida kechgan uchrashuv o‘ta murosasiz va qiziqarli voqealarga boy tarzda o‘tdi, yakunda o‘zbekistonlik futbolchilar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Bellashuvning birinchi bo‘limi qarshiliklar uchun omadsiz boshlandi. Maydon egalari raqib darvozasiga ketma-ket ikki bor to‘p kiritib, ustunlikka erishishdi. Dastlab Yosin Xenisiy 27-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay, 34-daqiqada Muhammad Furayx ikkinchi golni urib, «Al-Kuvayt»ning ustunligini mustahkamladi va tanaffusga qulay hisobda chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda Röziqul Berdiev shogirdlari o‘yin tizimini keskin o‘zgartirib, faollikni oshirishdi. Tarkibdagi o‘zgarishlar ham o‘z samarasini berdi: hujumchi Bobir Abduxoliqov 57- va 67-daqiqalarda raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga to‘qqiz daqiqa qolganida esa Oybek Rustamov uchinchi golni urib, «Nasaf»ga tarixiy g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Nasaf» o‘z ochkolari sonini 4 taga yetkazib, guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Al-Kuvayt» hisobida esa 6 ochko mavjud bo‘lib, ular ikkinchi o‘rinda qolishdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonida Bahrayinning «Al-Xolidiya» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Source: kun.uz