Niderlandiyaning MMBS Groep kompaniyasi kelajakda 6 ming o‘zbekistonlikni ishga olishni rejalashtirmoqda
Niderlandiyaning qurilish sohasidagi yirik kompaniyasi MMBS Groep O‘zbekistondan kelgusida 6 mingga yaqin ishchi va mutaxassisni ishga olishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya rahbari bu rejani O‘zbekistonning Bryussel shahridagi elchisi G‘ayrat Fozilov bilan uchrashuvda muhokama qildi. Uchrashuvda Bouwmensen Amsterdam ta’lim markazi menejeri ham ishtirok etib, ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi dasturlarini rivojlantirish, viza tartibini soddalashtirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.











