Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy mamlakat o‘z yadro arsenaliga ega bo‘lish yo‘lini ko‘rib chiqishi kerakligini aytdi. U bu haqda Polsat News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rasm: PAP
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Varshava yadro loyihasiga qo‘shilishi kerak, chunki uning baholashicha, Polsha, shu jumladan Rossiyaning harakatlari tufayli, “qurolli mojaroning chekkasida” turibdi. Navrotskiy bu yo‘nalishdagi harakatlar xalqaro me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi.
Ilgari Polshaning sobiq prezidenti Andjey Duda mamlakat o‘z hududida Amerika yadro qurolini joylashtirishga tayyorligini bildirgan edi. U bu masalani Vashingtonda muhokama qilganini va Varshavaning tegishli qarorlarni qabul qilishga tayyorligini tasdiqlaganini ta’kidlagan edi.
Duda bunday pozitsiyani Rossiyaning harbiy faolligining kuchayishi, jumladan Kaliningrad viloyatining militarizatsiyasi va Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish bilan izohladi.
Source: kun.uz