Yevropa Ittifoqida (YI) xorijda tug‘ilgan aholi soni 2025-yilda 64,2 million kishiga yetib, rekord darajaga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich 2010-yildagi 40 millionga nisbatan sezilarli o‘sishni anglatadi.
Germaniya mutlaq son bo‘yicha eng katta immigrantlar jamoasiga ega bo‘lib, mamlakatda qariyb 18 million xorijda tug‘ilgan kishi istiqomat qilmoqda. Bu 2010-yildagi 10 millionga nisbatan 70% ga o‘sishdir.
Biroq, nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ba’zi kichikroq davlatlar yuqori ulushga ega. Masalan, Lyuksemburg, Malta va Kiprda xorijda tug‘ilganlar aholining katta qismini tashkil qiladi.
Hisobot RFBerlindagi Migratsiya Tadqiqotlari va Tahlil Markazi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, Eurostat va BMT Qochqinlar Agentligi ma’lumotlariga asoslangan.
2025-yilda YI bo‘ylab jami 669 365 ta boshpana so‘rovi qayd etilgan, bu 2024-yilga nisbatan 26,6% ga kamdir.
Source: www.dw.com