Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Daniyaning Kopengagen shimoli-g‘arbidagi temir yo‘l kesishmasida ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi og‘ir yaralanib, 13 nafar jabrlangan shifoxonaga yotqizildi.

Hodisa Shimoliy Zelandiya hududidagi Hillerød va Kagerup shaharlarini bog‘lovchi temir yo‘l liniyasida yuz berdi. Kopengagen yong‘in xizmati vakili Tim Ole Simonsenning aytishicha, barcha jabrlanganlar havo va tez yordam mashinalari orqali kasalxonaga yetkazilgan.

Mahalliy mer Trine Egetved voqeadan chuqur hayratda qolganini bildirdi. DR telekanali ko‘rsatgan tasvirlarda ikkala sariq-kulrang poyezdning old qismi shikastlangan holda o‘rmonli hududda bir-biriga qarama-qarshi turgani aks etgan.

Frederiksborg yong‘in-qutqaruv xizmati xabariga ko‘ra, hodisa payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:30 da sodir bo‘lgan. Gribskov munitsipaliteti meri Egetved og‘ir yaralanganlar Kopengagendagi Milliy kasalxonaga vertolyotda yetkazilganini ma’lum qildi.

Daniyada temir yo‘l hodisalari kam uchraydi. Mutaxassislardan birining fikricha, haydovchilardan biri mahalliy stansiyadan chiqishda signalni e’tiborsiz qoldirib, noto‘g‘ri yo‘lga o‘tib ketgan bo‘lishi mumkin. Gribskov liniyasi avtomatik xavfsizlik tizimi bilan jihozlanmagan deb taxmin qilinmoqda.

Source: www.bbc.com