Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Amerika Avtomobil Assotsiatsiyasi (AAA) maʼlumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda bir gallon (3,8 litr) benzin o‘rtacha narxi $4.30 ga yetdi. Bu ko‘rsatkich 28 fevralda AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanishidan oldingi $3 dan sezilarli darajada yuqori.

Narxlar oshishi, ayniqsa, Kaliforniya shtatida keskin sezildi – u yerda gallon narxi $6 dan oshdi. Shtatda 40 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Donald Trump maʼmuriyati benzin narxining oshishini urush maqsadlariga erishish uchun vaqtinchalik to‘lov sifatida oqlashga urinmoqda. Prezidentning o‘zi esa “urush tugashi bilan narxlar toshdek tushadi” deb va’da bermoqda.

Biroq, 8 aprelda erishilgan sulhga qaramoy, AQShda benzin narxi o‘sishda davom etmoqda. Ekspertlar neft narxi $100/barreldan oshganini va Hormuz bo‘g‘ozining ochilish vaqti nomaʼlumligini taʼkidlamoqda.

Eron hukumati esa AQShning harbiy blokadasiga qaramay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralardan bosh tortmoqda. Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon “hech qanday urush va hech qanday tinchlik” holati chidab bo‘lmas holga kelganini bildirdi.

Source: www.aljazeera.com